Umumiy

O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlab tayyorlangan kitob ko‘rgazmasi

05 Aug, 2026 8 ko'rildi

Kitob ko‘rgazmasi
O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlab tayyorlangan kitob ko‘rgazmasi.
Mazkur kitob ko‘rgazmasida adibning kitobxonlar sevib mutolaa qiladigan "Dunyoning ishlari", "Ikki eshik orasi", "Tushda kechgan umrlar", "Bahor qaytmaydi", "Nur borki, soya bor", "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" kabi mashhur asarlari o‘rin olgan. Ushbu asarlar kitobxonni hayot, inson qadr-qimmati va ma'naviy qadriyatlar haqida chuqur mushohada qilishga chorlaydi.
Ko‘rgazmaning maqsadi — yosh avlodni O‘tkir Hoshimovning boy тadabiy merosi bilan tanishtirish, kitob mutolaasiga qiziqishini oshirish hamda milliy adabiyotimizga bo‘lgan hurmat va e'tiborni yuksaltirishdir.