Kutubxona ma'muriyati
Urgut tuman axborot kutubxona markazi rahbariyati
Direktor
Murtazoyeva Zamira Ma'dievna
1971-yil 27-dekabrda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug'ilgan. 1994-yilda Samarqand davlat universitetini geografiya o'qituvchisi mutaxassisligi bo'yicha tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1988-yilda Urgut tumani "Yosh tabiatshunoslar stansiyasi"da to'garak rahbari sifatida boshlagan. Pionerlar va o'quvchilar uyi tashkilotchisi, 54-maktabda ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari, 121-maktab, 142-maktab va 136-ixtisoslashtirilgan maktab direktori lavozimlarida ishlagan. Tuman Xalq ta'limi bo'limida bo'lim boshlig'i, Urgut tumani hokimi o'rinbosari, xotin-qizlar qo'mitasi raisi bo'lib faoliyat yuritgan. 2023-yil 10-iyuldan — Urgut tumani axborot-kutubxona markazi direktori.