“Yoshlar kuni” doirasida navbatdagi ma’rifiy tadbir tashkil etildi
Urgut tuman axborot-kutubxona markazida “Yoshlar kuni” doirasida navbatdagi ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
“Mustaqillikning 35 yilligi — Yangi O‘zbekiston yoshlari nigohida” shiori ostida tashkil etilgan bugungi tadbirda yoshlarda shukronalik va vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash, innovatsion fikrlashni rivojlantirish hamda zamonaviy biznes va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv davomida yoshlarning innovatsion g‘oyalari va tadbirkorlik tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, biznes-rejalar ishlab chiqish, investitsiyalarni jalb etish, startap loyihalarni rivojlantirish hamda mentorlik dasturlarining ahamiyati yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, innovatsiya va texnologiyalar sohasidagi yangi imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi.
Bunday tadbirlar yoshlarning bilim va salohiyatini oshirish, ularning innovatsion g‘oyalari va startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.
AKT xizmati tomonidan