Umumiy

142-umumiy o‘rta ta’lim maktabi kitobxonlari o‘zlarining intellektual salohiyati va serqirra iste’dodlarini namoyish etdilar

18 Apr, 2026 24 ko'rildi

​Ma’rifat yog‘dusi
Yuksak ko‘tarinki ruhda

“Kitobxonlik haftaligi”
​Ushbu ma’rifiy marafon doirasida 142-umumiy o‘rta ta’lim maktabi kitobxonlari o‘zlarining intellektual salohiyati va serqirra iste’dodlarini namoyish etdilar.
​ Tadbirning yorqin sahifalari:
​Ona tiliga ehtirom: Haftalik davomida o‘zbek tilining nafosati va qudratini tarannum etuvchi badiiy chiqishlar yig‘ilganlarga o‘zgacha zavq bag‘ishladi.
​Sahna ko‘rinishlari: Adabiyotimiz durdonalari asosida tayyorlangan teatrlashtirilgan chiqishlar orqali o‘quvchilar buyuk ajdodlarimiz siymosini jonlantirib,o‘zbek tilning, kitobning inson kamolotidagi o‘rnini mohirona ochib berdilar.
​Musiqiy va badiiy chiqishlar: Kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi kuy-qo‘shiqlar va ijodiy namunalar tadbirga yanada ko‘rk qo‘shib, har bir ishtirokchi qalbida ilmga tashnalik hissini uyg‘otdi.