Umumiy

Hakan Mengyuchning "Ketsammikan yoki qolsammikan" asari

15 Jul, 2026 23 ko'rildi

 KITOB TAVSIYASI
Ba'zan hayotimizdagi eng og'ir savol: "Ketsammikan yoki qolsammikan?"
Hakan Mengyuchning "Ketsammikan yoki qolsammikan" asari aynan shu savolga javob izlayotgan kitobxonlar uchun yozilgan. Asar o'z qadrini anglash, zaharli munosabatlarni tanish, manipulyatsiya va narsissizmning inson ruhiyatiga ta'siri haqida chuqur mushohada yuritishga undaydi.
 Bu kitob sizni: • o'zingizni yaxshiroq tushunishga; • ichki xotirjamlik va ruhiy erkinlik sari qadam tashlashga ilhomlantiradi.
Agar siz ham hayotingizdagi muhim qarorlar oldida turgan bo'lsangiz yoki o'zingizni qayta kashf etishni istasangiz, ushbu kitob siz uchun qimmatli hamroh bo'lishi mumkin.
 Har bir sahifa o'zingizni qadrlash va baxtli hayot sari tashlangan  qadamdir.
 Kitobni kutubxonamizdan mutolaa qilishingiz mumkin. Kitob o'qing, tafakkuringizni boyiting va hayotingizni ijobiy tomonga o'zgartiring!
Abonement va foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish boʻlimi M. Namozova