Umumiy

“Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash kuni” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi

16 Jul, 2026 43 ko'rildi

 “Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash kuni” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi
16-iyul – “Yoshlar kuni”  ijrosini ta'minlash maqsadida "IELTS ACADEMY L.C"da  “Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash kuni” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda yoshlarning tadbirkorlik faoliyatiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni biznes tashabbuslarini amalga oshirishga rag‘batlantirish, davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
Uchrashuvda soha mutaxassisi Malikov Shavkat ishtirok etib, o‘zining hayotiy va kasbiy tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, yosh tadbirkorlar uchun muvaffaqiyatga erishish yo‘llari, biznesni boshlash bosqichlari, zamonaviy innovatsion g‘oyalarni amaliyotga joriy etish hamda tadbirkorlik madaniyatini rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan batafsil javob oldilar.