Umumiy

Taniqli yozuvchi va shoir Abdusaid Koʻchimov tomonidan oʻz qalamiga mansub boʻlgan saralanmagan kitoblar Urgut tumani axborot-kutubxona markaziga begʻaraz sovgʻa qilindi

24 Jul, 2026 20 ko'rildi

Taniqli yozuvchi va shoir Abdusaid Koʻchimov tomonidan oʻz qalamiga mansub boʻlgan saralanmagan kitoblar Urgut tumani axborot-kutubxona markaziga begʻaraz sovgʻa qilindi. 
  Ushbu qimmatli tuhfa kutubxonamiz kitobxonlari hamda adabiyotsevarlar uchun haqiqiy bayram boʻldi. Abdusaid Koʻchimov asarlari oʻzining teran hayotiy haqiqatlari, samimiylik va yorqin uslubi bilan oʻquvchilar qalbidan chuqur joy olgan. 


Qimmatli tuhfa va maʼnaviy koʻmak! 

Eʼtirof va minnatdorchilik: Tumanimiz aholisining maʼnaviy dunyosini boyitishga va kitobxonlikni targʻib qilishga qoʻshgan hissasi hamda kutubxonamizga koʻrsatgan yuksak eʼtibori uchun adibga samimiy minnatdorchilik bildiramiz. 


Kitobxonlar uchun imkoniyat: Endilikda kutubxonamiz aʼzolari muallifning saralanmagan asarlarini toʻgʻridan-toʻgʻri axborot-kutubxona markazimizdan topib, mutolaa qilishlari mumkin. 

"Kitob sovgʻa qilish — bu nafaqat bilim va maʼrifat ulashish, balki kelajak avlod maʼnaviyatiga qoʻshilgan eng katta sarmoyadir."