Umumiy

"Yangi Oʻzbekiston — taraqqiyot va buyuk kelajak sari" mavzusida kitob koʻrgazmasi tashkil etildi

04 Jun, 2026 11 ko'rildi

bibliografiya_xizmati
koʻrgazma
​ KUN KOʻRGAZMASI: Davlat ramzlari — millat faxri!
2-iyul — Davlat gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan Axborot-kutubxona markazimizda "Yangi Oʻzbekiston — taraqqiyot va buyuk kelajak sari" mavzusida kitob koʻrgazmasi tashkil etildi.
Koʻrgazmadan joy olgan adabiyotlar:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Mehnat kodeksi va huquqiy qoʻllanmalar;
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning yurtimiz islohotlari va inson qadriga bagʻishlangan koʻp jildli asarlari;
Abu Nasr Forobiyning "Fozil odamlar shahri" asari hamda milliy qadriyatlarimizni yorituvchi nodir kitoblar.
​Davlatimiz ramzlari — xalqimizning gʻururi va mustaqillik koʻzgusidir. Koʻrgazmamiz orqali har bir kitobxonda vatanparvarlik tuygʻusini shakllantirish va qonunlarimizga hurmatni mustahkamlashni maqsad qildik.
​ Barcha kitobxonlarimizni va yoshlarni kutubxonamizga taklif etamiz!
M. Safoyeva