Kitob tavsiyasi

“Avazxon” — xalq og‘zaki ijodining bebaho durdonasi!

19 Jun, 2026 43 ko'rildi

KITOB TAVSIYASI
 “Avazxon” — xalq og‘zaki ijodining bebaho durdonasi! 
Aziz kitobxonlar! Sizlarni xalqimizning boy ma’naviy merosidan o‘rin olgan “Avazxon” dostoni bilan tanishishga chorlaymiz.
 Ushbu kitob turkiy xalqlarning mashhur “Go‘ro‘g‘li” dostonlari turkumiga mansub bo‘lib, asrlar davomida baxshilar tomonidan kuylanib, avloddan-avlodga yetkazib kelinmoqda.
 Kitobdan quyidagi dostonlar o‘rin olgan: • Avazxon
• Gulqizoy
• Govdaroz dev
• Besh podshoning Chambilga yov bo‘lib kelishi
• Sarvinoz
• Zulfizar
• Ahmad sardorning o‘limga buyurilishi
• Avaz o‘g‘lonning Rumga qochishi
 Dostonlarda xalqimizning azaliy qadriyatlari — imon-e’tiqod, or-nomus, do‘stlik, vatanparvarlik, ota-onaga hurmat va sadoqat kabi yuksak fazilatlar tarannum etiladi.
 Asarni xalq baxshichilik an’analarining yorqin vakili Rahmatulla Shoir Yusuf o‘g‘li aytib bergan.
Milliy merosimizni birgalikda mutolaa qilaylik!