Urgut tuman axborot- kutubxona markazida sayohat. "Ko‘zmunchoq" MTT uchun kutubxona bo‘ylab sayohat uyushtirildi.
“Kitob o‘qigan inson-fikrli inson”
Urgut tuman axborot- kutubxona markazida sayohat. "Ko‘zmunchoq" MTT uchun kutubxona bo‘ylab sayohat uyushtirildi.
Sayohat davomida mamlakatimizda kitob o'qish madaniyatini keng targ'ib qilish, aholi orasida kitobga qiziqishni kuchaytirish asosiy maqsad qilib qo'yilganligi tushuntirib berildi.
Ekskursiya davomida bolajonlar:
kutubxonada mavjud ertak kitoblar bilan tanishishdi hamda kitoblar haqida ham ma‘lumot olishdi.
Axborot-kutubxona markazining faoliyati,vazifalari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Kitoblar bilan yaqin tanishuv, bilimga bo‘lgan qiziqish va mutolaa madaniyatini oshirishga xizmat qilgan ushbu ekskursiya o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.
Kitob — bilim kaliti, kutubxona esa ma’rifat maskani!