Umumiy

Sog‘liqni saqlash bo‘limi xodimlari ishtirokida “Qiziqarli kutubxonada” nomli kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi

19 Feb, 2026 48 ko'rildi

Ekskursiya

Urgut tuman axborot-kutubxona markazida tuman Sog‘liqni saqlash bo‘limi xodimlari ishtirokida “Qiziqarli kutubxonada” nomli kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.
Ekskursiya davomida o‘quvchilarga kutubxonada yaratilgan zamonaviy sharoitlar, boy kitob fondi, o‘quv zallari hamda kitobxonlar uchun qulay imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar, elektron katalog va ma’lumotlar bazalari, raqamli xizmatlar hamda onlayn resurslardan foydalanish tartibi yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Tadbir yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, axborot-resurslardan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.