Umumiy

Mutolaa zavqi

24 Jun, 2026 21 ko'rildi

Mutolaa zavqi
Urgut tuman axborot-kutubxona markaziga turlicha yoshdagi kitobxonlarning, ayniqsa, Bunyodkor mahallasidan Nasiba Ergasheva hamda 125-maktabning bor-yoʻgʻi 2-sinfida oʻqiydigan qizi mitti Sumbula Toshtemirovaning birgalikda tashrif buyurgani tahsinga loyiq.

​Kichkina yoshdan boshlab kitob mutolaa qilish va eng muhimi — oʻqigan kitoblari haqida boshqalarga soʻzlab berib, ularni tavsiya qilish tuman yoshlari oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini oshirishga juda katta xizmat qiladi. Sumbulajon kabi oʻquvchilar tengdoshlariga juda yaxshi oʻrnak boʻla oladi.