Kitob tavsiyasi

Asqad Muxtor "Buxoroning jin ko‘chalari"

15 Jun, 2026 60 ko'rildi

Asqad Muxtor "Buxoroning jin ko‘chalari"

Xalqimizning ulug‘ adibi Asqad Muxtor ushbu asari "Buxoroning jin ko‘chalari "tarixiy qissasida Buxoro jadidchiligining faol ishtirokchisi ,"Yosh buxoroliklar" partiyasining rahbarlaridan biri ,Vatanimizning mustaqilligi uchun kurashgan,Fitrat,Cho‘lpon,Abdulla Qodiriy va boshqa o‘zbek ziyolilariga g‘amxo‘rlik qilgan atoqli davlat va siyosat arbobi Fazzulla Xo‘jayevning (1896-1937) o‘smirlik yillarini tasvirlaydi.
  Asarni o‘qir ekansiz ,otasining vafoti tufayli o‘zi istamagan holda katta boylikka ega bo‘lgan Fayzulloning ruhiy kechinmalariga duch kelasiz,tinimsiz o‘zligini izlaganiga,hayotdagi maqsadini aniqlash yo‘lida chekkan azob uqubatlariga guvoh bo‘lasiz.
  Asar voqealari XX asrning  boshida bo‘lib o‘tadi,lekin muallifni ko‘proq o‘sha davrning hozirgi zamon muammolariga hamohang masalalari qiziqtiradi.