Umumiy
O‘TKIR HOSHIMOV – XALQ QALBIDAN JOY OLGAN ADIB
05 Aug, 2026
9 ko'rildi
O‘TKIR HOSHIMOV – XALQ QALBIDAN JOY OLGAN ADIB
5-avgust – O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov tavallud topgan kun.
Urgut tuman axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlab "Zamonaviy o‘zbek adabiyoti rivojida O‘tkir Hoshimov ijodining o‘rni va ahamiyati" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi
O‘tkir Hoshimov o‘zining hayotiy va samimiy asarlari orqali o‘zbek adabiyotida o‘chmas iz qoldirgan ijodkordir. Uning "Dunyoning ishlari", "Ikki eshik orasi", "Tushda kechgan umrlar", "Bahor qaytmaydi", "Nur borki, soya bor" kabi asarlari kitobxonlarni ezgulik, mehr-oqibat, vatanparvarlik va yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.