“O'ZBEKISTON - KITOBXONLAR YURTI" shiori ostida VI RESPUBLIKA "KITOBXONLIK HAFTALIGI" doirasida
Kitobxonlik_haftaligi
O'zbekiston_kitobxonlar yurti
Urgut tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan “O'ZBEKISTON - KITOBXONLAR YURTI" shiori ostida VI RESPUBLIKA "KITOBXONLIK HAFTALIGI" doirasida kutubxona bo‘ylab sayohat tashkil qilindi. MMTB tasarrufidagi 7-55-umumiy o‘rta maktablari uchun kutubxona bo‘ylab sayohat uyushtirildi.
Sayohat davomida mamlakatimizda kitob o'qish madaniyatini keng targ'ib qilish, aholi orasida kitobga qiziqishni kuchaytirish asosiy maqsad qilib qo'yilganligi tushuntirib berildi.
Ekskursiya davomida mehmonlar:
kutubxonada mavjud adabiyotlar bilan tanishish jarayonida elektron kitoblar haqida ham ma‘lumot olishdi.
Axborot-kutubxona markazining faoliyati,vazifalari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Kitoblar bilan yaqin tanishuv va mutolaa madaniyatini oshirishga xizmat qilgan ushbu ekskursiya katta taassurot qoldirdi.
Kitob — bilim kaliti, kutubxona esa ma’rifat maskani!