Umumiy

Urgut tuman axborot-kutubxona markazi IT markazida bibliografik sharh va kitob koʻrgazmasini tashkil etdi

27 Jul, 2026 19 ko'rildi

 Urgut tuman axborot-kutubxona markazi IT markazida bibliografik sharh va kitob koʻrgazmasini tashkil etdi
​Bugun Axborot-kutubxona markazining Bibliografiya xizmati mutaxassislari tomonidan IT markazida kitobxonlar hamda soha vakillari uchun "Psixologiya va shaxsiy kamolot" mavzusida bibliografik sharh hamda kitoblar koʻrgazmasini tashkil etildi.
​Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan zamonaviy psixologiya, inson ruhiyati, muloqot madaniyati va amaliy psixologiyaga oid sara adabiyotlar tahlil qilinib, ularning bibliografik tavsifi berildi.
 Koʻrgazma va sharh doirasida taqdim etilgan adabiyotlar:
Shaxsiy rivojlanish va strategiya: S. Davlatov, B. Treysi hamda S. Kovining shaxsiy kamolot va moliyaviy savodxonlikka bagʻishlangan asarlari.
Muloqot va ijtimoiy psixologiya: D. Karnegi hamda G. Chepmenning munosabatlar psixologiyasiga oid mashhur qoʻllanmalari.
Psixologik tahlil va nazariya: M. Xauzel va M. Oʻzkanning inson idroki hamda ruhiyati tahlil qilingan tadqiqotlari.
Ruhiy salomatlik va profilaktika: L. Xeyning ruhiy barqarorlik va oʻz-oʻzini anglash masalalariga bagʻishlangan adabiyotlari.
​Tashkil etilgan kitoblar koʻrgazmasi va tahliliy sharh ishtirokchilarning sohaga oid bilimlarini boyitish va axborot madaniyatini yuksaltirishga xizmat qildi.
M. Safoyeva