Jaholatga qarshi ma’rifat mavzusida tadbir o'tkazildi.
Jaholatga qarshi ma’rifat
Davra suhbatining asosiy maqsadi – yoshlar ongida ma’naviy immunitetni kuchaytirish, ularni turli yot g‘oyalar va zararli ta’sirlardan asrash, ilm-ma’rifatning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib qilishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar jaholatning salbiy oqibatlari, ma’rifatning esa inson hayotidagi beqiyos o‘rni haqida atroflicha fikr yuritdilar.
Shuningdek, buyuk ajdodlarimizning ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi, ularning boy ma’naviy merosi yoshlar uchun ibrat maktabi ekani alohida ta’kidlandi. Ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashib, kitob mutolaasining ahamiyati, axborot xurujlariga qarshi kurashishda bilim va tafakkurning o‘rni haqida fikr bildirdilar.
Davra suhbati ochiq muloqot va savol-javoblarga boy tarzda o‘tib, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.