Umumiy
Omon Muxtor tavalludiga bag'ishlangan kitob ko'rgazmasi
17 Jul, 2026
23 ko'rildi
"So'z san'atining mohir ijodkori"
Omon Muxtor tavalludiga bag'ishlangan kitob ko'rgazmasi
Omon Muxtorning roman, qissa va hikoyalarida inson ruhiyati, milliy qadriyatlar, ezgulik, vatanparvarlik hamda hayot mazmuni yuksak badiiy mahorat bilan tasvirlangan.
Mazkur kitob ko'rgazmasi adibning hayoti va ijodini keng targ'ib etish, uning eng sara asarlari bilan kitobxonlarni yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil etildi.
Sizni Omon Muxtorning betakror asarlari bilan tanishishga, ulardan ma'naviy zavq va hayotiy saboq olishga chorlaymiz.