Umumiy

“Tabiat qoʻynida zavqli mutolaa” mavzusida yo‘l-yo‘lakay suhbat tashkil etildi

23 Jun, 2026 5 ko'rildi

Yo‘l-yolakay
yoz_o'tmoqda_soz

Urgut tumanida axborot-kutubxona markazi mutaxassislari  tomonidan faol kitobxonlar ishtirokida “Tabiat qoʻynida zavqli mutolaa” mavzusida yo‘l-yo‘lakay suhbat tashkil etildi.

 Suhbat davomida kitob mutolaasining inson maʼnaviyati va tafakkurini yuksaltirishdagi oʻrni haqida fikr almashildi. Kitobxonlar oʻzlari sevib oʻqigan asarlar yuzasidan taassurotlari bilan oʻrtoqlashib, mutolaaning foydasi va ahamiyati haqida qiziqarli mulohazalar bildirdilar.

 Tabiatning soʻlim bagʻrida tashkil etilgan ushbu tadbir ishtirokchilarda kitobga boʻlgan qiziqishni yanada oshirib, mazmunli va zavqli dam olishlariga xizmat qildi.