Umumiy
Ipakli MFY da joylashgan 29-umumiy o‘rta ta'lim maktabining kitobsevar o‘quvchilari uchun ekskursiya tashkil etildi
15 Jul, 2026
26 ko'rildi
ekskursiya
Urgut tumani axborot-kutubxona markazi o‘zgacha shukuhga toʻldi.
Ipakli MFY da joylashgan 29-umumiy o‘rta ta'lim maktabining kitobsevar o‘quvchilari uchun ekskursiya tashkil etildi.
Sayohat davomida o‘quvchilar:
Kutubxonaning boy va noyob kitob fondi bilan yaqindan tanishdilar;
Zamonaviy axborot-kutubxona markazi imkoniyatlarini ko‘zdan kechirdilar;
Mutolaa madaniyati va kitobxonlikning inson kamolotidagi o‘rni haqida foydali tushunchalarga ega bo‘ldilar.
"Kitob — nafaqat bilim manbai, balki kelajakka ochilgan eng yorug‘ derazadir."
O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan badiiy adabiyotlar va ensiklopediyalarni varaqlab, mutaxassislardan qiziqarli ma’lumotlar olishdi.