Umumiy
Kutubxonamiz fondiga ajoyib tuhfa!
30 Jun, 2026
34 ko'rildi
tuhfa
Kutubxonamiz fondiga ajoyib tuhfa!
Bugungi fayzli uchrashuv va kitob taqdimotidan so‘ng, ijodkorimiz Qo‘ysunov Amirjon kutubxonamiz ma’naviy xazinasiga o‘zining chinakam hissasini qo‘shdi.
Ustoz ijodkor kitobxonlarimiz yuksak ma’naviyatli bo‘lib ulg‘ayishlariga xizmat qiluvchi 2 nomdagi jami 15 nusxadagi yangi kitoblarini kutubxonamiz fondiga begaraz sovg‘a qildi!
"Kitob — eng mukammal sovg‘a, u inson qalbini yoritadi".
Yaqin kunlarda ushbu yangi asarlar barcha mutolaa shaydolari ixtiyoriga topshiriladi. Maskanimiz ma’muriyati va barcha kitobxonlarimiz nomidan saxovatli ijodkorga cheksiz minnatdorchilik bildiramiz!
Tuhfa qilingan kitoblar va samimiy jarayondan olingan foto lavhalar
M. Safoyeva