Umumiy

"Tabiat qoʻynida zavqli mutolaa" mavzusida davra suhbati tashkil etildi

14 Jul, 2026 25 ko'rildi

Suhbat
Sayohat
Tavsiya_etamiz

 Urgut tuman "Chor chinor" bolalar sogʻlomlashtirish oromgohida "Tabiat qoʻynida zavqli mutolaa" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 

Suhbat davomida oromgohda dam olayotgan bolajonlar oʻzaro qiziqarli kitoblarni mutolaa qilib, oʻqigan asarlari yuzasidan fikr almashdilar. 📖 Tabiat bagʻridagi musaffo va salqin havoda kitob mutolaa qilish barchaga manzur boʻlib, ishtirokchilarda kitobxonlikka boʻlgan qiziqishni yanada oshirdi. 

 Kitob — eng yaqin doʻst, mutolaa esa maʼnaviy kamolot sari yetaklovchi eng goʻzal yoʻldir!