Umumiy

"O‘z yurtimni kashf etaman" lavhalar musobaqasi

08 Jul, 2026 20 ko'rildi

#oz_yurtimni_kashf_etaman

"O‘z yurtimni kashf etaman" lavhalar musobaqasi

Tog‘lar bag‘ridagi yashil mo‘jiza: Kamongaron
Ushbu suratda Samarqand viloyatining go‘zal go‘shalaridan biri — Urgut tumanidagi Kamongaron suv ombori va uning atrofidagi betakror tabiat manzarasi aks etgan. Tojsifat cho‘qqilari ko‘kka bo‘y cho‘zgan mag‘rur tog‘lar, ularning etagidagi yam-yashil adirlar va bu go‘zallikni o‘z bag‘rida aks ettirgan tiniq, zumrad rang suv ombori musaffo osmon ostida uyg‘unlik kasb etgan.