Umumiy

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malikning "Halol nima-yu, harom nima?" asari atroflicha muhokama qilindi

18 Apr, 2026 33 ko'rildi

Ma’rifat va Tafakkur Davrasi: "Halol nima-yu, harom nima?"
Bugun Urgut tumani Axborot-kutubxona markazida o‘zgacha bir ruhdagi adabiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Markazimiz qoshidagi "Kitobsevarlar klubi" a’zolari bilan birgalikda bir oy davomida mutolaa qilingan O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malikning "Halol nima-yu, harom nima?" asari atroflicha muhokama qilindi.
Bibliografik sharh: Adib Tohir Malikning ijod yo‘li, asardagi bibliografik ma’lumotlar, faktlar aytib oʻtildi.
Muhokama: "Kitobsevarlar klubi" a’zolari o‘rtasida asar qahramonlari va yozuvchi ilgari surgan g‘oyalar yuzasidan qizg‘in bahs-munozaralar bo‘lib o‘tdi.
Ushbu uchrashuv nafaqat asar mazmunini tushunish, balki jamiyatda yuksak ma’naviyatni shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish yo‘lida yana bir muhim qadam bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz: Bizning klubimizda mutolaa davom etadi! Navbatdagi asarlar tahlilida siz ham ishtirok eting.