"Hayot uchun 12 qoida" — Jordan Piterson
TAVSIYA ETILADI!
"Hayot uchun 12 qoida" — Jordan Piterson
Hayotdagi tartibsizlik, mas'uliyat va shaxsiy rivojlanish haqida chuqur fikr yuritishga undaydigan asar.
Bu kitob sizga:
Hayotga aniq maqsad bilan qarashni;
Mas'uliyatni o'z zimmasiga olishni;
Intizom va tartibni shakllantirishni;
Qiyinchiliklarni kuchliroq yengib o'tishni o'rgatadi.
Har bir qoida kundalik hayotda qo'llash mumkin bo'lgan amaliy tavsiyalar bilan boyitilgan. O'z ustida ishlashni istagan har bir kitobxon uchun munosib tanlov.
Tavsiya etamiz! Bugunoq o'qishni boshlang va hayotingizni ijobiy tomonga o'zgartirish sari ilk qadamni tashlang.
Kitobni Urgut tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurib mutolaa qilishingiz mumkin!
Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati mutaxassisi Nishonova Xolida