Kitob tavsiyasi

KUTUBXONAMIZ FONDI QIMMATBAHO SOVGʻA BILAN BOYIDI!

15 Jul, 2026 21 ko'rildi

KUTUBXONAMIZ FONDI QIMMATBAHO SOVGʻA BILAN BOYIDI!

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan jurnalist va adib, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Laziz Rahmatovning “Dunyo mamlakatlari” ensiklopedik kitobi Urgut tuman axborot-kutubxona markazining kitob fondidan oʻrin oldi.
Ushbu noyob nashr dunyoning 236 ta davlati haqida siyosati, geografik joylashuvi, tabiati, tarixi, iqtisodiyoti, ichki va tashqi siyosati hamda O‘zbekiston bilan munosabatlariga oid muhim ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan.
Ushbu qimmatli kitobni kutubxonalarimiz fondiga taqdim etgani uchun O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga samimiy minnatdorlik bildiramiz.

Bu tuhfa kitobxonlarimizning dunyo mamlakatlari haqidagi bilimlarini yanada boyitish, ilmiy izlanishlar va keng qamrovli mutolaa uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi!