"Nuroniy va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Yoshlar_kuni
Bugun Axborot-kutubxona markazida unutilmas va shukuhli kun!
Kutubxonamizda "Yoshlar kuni" munosabati bilan yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi o‘rni va faolligini oshirish hamda ma’naviyatini yuksaltirish maqsadida "Nuroniy va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir doirasida o‘tmish tariximiz, istiqlol ne’matlari va Vatan madhini tarannum etuvchi dolzarb she’rlari hamda matbuotdagi turkum maqolalari bilan yoshlar qalbiga ezgulik ulashib kelayotgan ijodkor — Qo‘ysunov Aminjonning yangi kitob taqdimoti ham tashkil etildi.
Muallif kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish va aholi, ayniqsa bolajonlar orasida kitobga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun taqdirlandi.