Umumiy

​"Nuroniy va yoshlar" uchrashuvining eng hayajonli va fayzli qismlaridan biri — muhtaram nuroniylarimiz uchun tashkil etilgan ekskursiya jarayoni bo‘ldi

30 Jun, 2026 34 ko'rildi

ekskursiya
 Kutubxonamiz bo‘ylab unutilmas sayohat!
​"Nuroniy va yoshlar" uchrashuvining eng hayajonli va fayzli qismlaridan biri — muhtaram nuroniylarimiz uchun tashkil etilgan ekskursiya jarayoni bo‘ldi.
​Yoshi ulug‘, ko‘pni ko‘rgan nuroniy otaxonlarimiz va onaxonlarimiz Axborot-kutubxona markazimizda kitobxonlar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, boy kitob fondi va raqamli imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.

​Ustozlarimiz kutubxonada yoshlarning ilm olishi va ma'naviyatini yuksaltirishi uchun qilinayotgan ishlarni ko‘rib, o‘zlarining samimiy duolari va iliq tilaklarini bildirdilar. 

​Kutubxonamiz bo‘ylab o‘tgan ushbu mazmunli va tarbiyaviy ahamiyatga ega sayohat barchaga birdek manzur bo‘ldi. Nuroniylarimizning ziyorati va oq fotiihalari bizga yanada kuch bag‘ishlaydi!
Ekskursiya jarayonidan muhrlangan eng samimiy foto  lavhalar 
M. Safoyeva