Umumiy

47-umumiy o‘rta ta‘lim maktabida tashkil etilgan kunduzgi oromgohda kutubxona xizmati tashkil etildi

30 Jun, 2026 26 ko'rildi

kitob_ulashamiz

 Ta'til — kitob bilan yanada maroqli!

Urgut tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan bolalarning ta'til kunlarini mazmunli va maroqli o'tkazish maqsadida 47-umumiy o‘rta ta‘lim maktabida tashkil etilgan kunduzgi oromgohda kutubxona xizmati tashkil etildi. 

Bolajonlarga bir-biridan qiziqarli va mazmunli kitoblar taqdim etilib, mutolaa qilishga bo'lgan qiziqishlarini oshirishga alohida e'tibor qaratildi.  Kitoblar orqali bolalar bo'sh vaqtlarini foydali tashkil etib, yangi bilim va taassurotlarga ega bo'ldilar. 

 Kitob — ma'naviyat manbai, mutolaa esa kelajak sari muhim qadam!