DIQQAT, DIQQAT! KICHIK ERTAKSEVARLAR UCHUN AJOYIB TANLOV!
DIQQAT, DIQQAT! KICHIK ERTAKSEVARLAR UCHUN AJOYIB TANLOV!
"SEHRLI SANDIQ ERTAKCHILARI"
Ertaklarni sevasizmi? Ularni ifodali va qiziqarli qilib so‘zlab bera olasizmi?
Unda sizni 1 oylik "Sehrli sandiq ertakchilari" tanloviga taklif qilamiz!
Ishtirokchilar: 5–12 yoshli bolajonlar.
Tanlov sharti: O‘zingiz o‘qigan yoki eng sevimli ertagingizni tanlang va uni: ifodali, ravon, obrazli hamda chiroyli nutqda hikoya qilib bering!
Kutubxonamizga farzandingiz bilan tashrif buyurasiz va farzandingiz oʻzi oʻqigan ertakni soʻzlab beradi yoki oʻzingiz uyda oʻtirgan holda farzandingizni ertak hikoya qilib berish jarayonini tasvirga olasiz va bizga havola qilasiz
Tanlov davomida har hafta faol va iqtidorli ishtirokchilar oʻz hikoyasini biz bilan boʻlishadilar.
Tanlov yakunida esa eng yaxshi ertakchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.
Manzil: Urgut tuman axborot-kutubxona markazi