Kitob tavsiyasi
Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romani
23 Jun, 2026
4 ko'rildi
Kitob tavsiyasi
Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romani — oʻzbek adabiyotining eng taʼsirchan va chuqur maʼnoli asarlaridan biridir.
Ushbu ramziy romanda muallif sobiq shoʻrolar zamonida yashab, butun umrini dala mehnatiga bagʻishlagan, mashaqqat va sinovlarga qaramay oʻzligini saqlab qolgan oʻzbek xalqining qismatini Dehqonqul obrazi orqali badiiy talqin etadi.
Asarda: Vatanga muhabbat, Milliy qadriyatlar, Dehqon mehnatining mashaqqati, Inson qadr-qimmati va erk masalalari yoritilgan.
“Otamdan qolgan dalalar” — oʻtmish saboqlarini eslatib, bugungi kun haqida chuqur mushohada yuritishga undovchi asar.
Mutolaa qilishni tavsiya etamiz!
Abonement va foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish boʻlimi.