Umumiy

"Yoshlar kuni" munosabati bilan tashkil etilgan "Sport kuni" tadbiri

30 Jul, 2026 21 ko'rildi

Sport kuni
"Yoshlar kuni" munosabati bilan tashkil etilgan "Sport kuni" tadbiri doirasida Urgut tuman axborot-kutubxona markazining xizmat rahbarlari hamda markazning bir guruh yosh xodimlari sport maydonida o‘tkazilgan sport-sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarida faol ishtirok etdilar.

Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish, sportga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish hamda jamoaviy birdamlik va hamkorlik muhitini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Sport tadbiri davomida ishtirokchilar ertalabki badantarbiya mashqlari, jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini namoyon etdilar.