Umumiy

"Kitobxonlik haftaligi" tantanali tarzda boshlandi!

22 Apr, 2025 46 ko'rildi

Urgut tumanida“Kitobxonlik haftaligi” tantanali tarzda boshlandi. 

📚Tuman Axborot-kutubxona markazida “O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Kitobxonlik haftaligi”ning ochilish marosimi davomida:

🎉O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a‘zolari, tumanimizdan yetishib  chiqqan ijodkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda so‘z olganlar kitob mutolaasining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni, bilim olish va tafakkurni shakllantirishdagi ahamiyati haqida so‘z yuritdi. 

✅ Hafta davomida siz aziz kitobxonlarni kutib qolamiz. 

📚Kitobsevar millat sifatida befarq bo‘lmaysiz degan umiddamiz