Umumiy

Urgutlik volontyorlar “Istiqlol” mahallasida

18 Jun, 2026 57 ko'rildi

​ Urgutlik volontyorlar “Istiqlol” mahallasida

 Urgut tumanida har payshanba an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Yoshlar kuni” bu safar o‘zgacha shukuhda o‘tdi.
​ “Mustaqillikning 35 yilligi — Yangi O‘zbekiston yoshlar nigohida” shiori ostidagi “Volontyorlik madaniyati shakllantirish kuni” munosabati bilan tuman axborot-kutubxona markazi  yosh kitobxonlari ajoyib tashabbusni boshlashdi.
​ Ko‘ngilli yoshlar “Istiqlol” mahallasida bo‘lib, u yerdagi nuroniylar, keksalar va mahalla xodimlarining istaklariga binoan eng sara kitoblarni ularning uylariga, ish joylariga yetkazib berishdi chiroyli kitob targ‘iboti ularni kutubxonaga a‘zo bo‘lishga undadi.
​ Maqsad — mutolaa madaniyatini oshirish va tuman yoshlari orasida volontyorlik (ko‘ngillilik) harakatini keng targ‘ib qilishdir. Ma’rifat ulashishdan to‘xtamayotgan yoshlarimizga baraka bersin!