Umumiy

100 jildlik “Turkiy adabiyot durdonalari”

21 Jul, 2026 20 ko'rildi

​Turkiy xalqlar ma’naviy xazinasi kutubxonamizda!
​Davlatimiz rahbari tomonidan 2019-yil 15-oktabr kuni Boku shahrida boʻlib oʻtgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining sammitida ulkan bir ma’rifiy tashabbus ilgari surilgan edi. Ya’ni, qardosh xalqlar adabiyotining eng sara namunalarini oʻzida jamlagan 100 jildlik “Turkiy adabiyot durdonalari” majmuasini har bir millatning oʻz ona tilida chop etish gʻoyasi berilgan edi.
​Quvoncharlisi, ushbu gʻoya asosida mazkur ulkan toʻplam mamlakatimizda ilk bor lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida nashrdan chiqdi va bugun kutubxonamiz javonlaridan munosib oʻrin oldi!
​ Toʻplamning noyobligi nimada?
629 nafar buyuk siymo: XI asrdan to XXI asrgacha yashab, ijod qilgan benazir shoir, adib va mutafakkirlarning saralangan asarlari jamlangan.
Keng adabiy joğrafiya: Unda umumturkiy meros bilan bir qatorda oʻzbek, qoraqalpoq, turk, ozarbayjon, qozoq, qirgʻiz, turkman hamda venger adabiyotining eng yorqin namunalari jamlangan.
Nodir muqaddima: Turkum Mahmud Koshgʻariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Xoja Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirgʻoniy va Nosiriddin Rabgʻuziy ijodiga mansub 5 jildlik “Umumturkiy adabiyot namunalari” bilan boshlanadi.
​Aziz adabiyotsevar va kitobxon yurtdoshlar!
​Ushbu qimmatli ma’naviy boylik bilan yaqindan tanishishingiz uchun Urgut tuman Axborot-kutubxona markazida maxsus kitob koʻrgazmasi tashkil etildi.
​Barchangizni kutubxonamizga taklif etamiz! Markazimizga tashrif buyurib, ming yillik adabiy merosimizni oʻzida jamlagan ushbu nodir jildlarni mutolaa qilishingiz mumkin.
mumkin.
M. Safoyeva