Umumiy

Bilim maskaniga sayohat: "Elita" maktabi o‘quvchilari!

21 May, 2026 11 ko'rildi

ekskursiya
​ Bilim maskaniga sayohat: "Elita" maktabi o‘quvchilari kutubxonada!
​   Urgut tumani axborot-kutubxona markazi o‘zgacha shukuhga toʻldi. "Elita" akademik maktabining intiluvchan va kitobsevar o‘quvchilari uchun markaz bo‘ylab unutilmas ma’rifiy ekskursiya tashkil etildi.
Sayohat davomida o‘quvchilar:
​ Kutubxonaning boy va noyob kitob fondi bilan yaqindan tanishdilar;
​ Zamonaviy axborot-kutubxona markazi imkoniyatlarini ko‘zdan kechirdilar;
​ Mutolaa madaniyati va kitobxonlikning inson kamolotidagi o‘rni haqida foydali tushunchalarga ega bo‘ldilar.

"Kitob — nafaqat bilim manbai, balki kelajakka ochilgan eng yorug‘ derazadir."

O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan badiiy adabiyotlar va ensiklopediyalarni varaqlab, mutaxassislardan qiziqarli ma’lumotlar olishdi. Bu kabi uchrashuvlar  yoshlarining intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qilishi shubhasiz.
Bizni kuzatib boring!