Kitobxonlik haftaligi - 13.04.2026
Kitobxonlik haftaligi
Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvar “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob oqishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari togrisi”dagi 9-son qaroriga asosan, joriy yilning 13-17-aprel kunlari "Kitobxonlik haftaligi " o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan Urgut tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobxonlik haftaligi”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimi D.B. Saidqulov, tuman IIB boshlig‘i M.M.Qoziyev va boshqa tashkilot korxona rahbarlari, urgutlik ijodkorlar,kitobxonlar ishtirok etdi.
Tadbirni tuman hokimi D.Sayidkulov ochib berib,kitobxonlikni ahamiyati haqida gapirib o‘tdi.Respublika Manaviyat va marifat markazi tuman bo‘linmasi xodimi N.Ziyodullayev,Axborot-
kutubxona markazi direktori Z.Murtazoyevalar so‘zga chiqib, haftalik haqida ma‘lumot berdi.Tadbirda Elita akademik maktabi, ixtisoslashtirilgan maktab,16-31-sonli musiqa maktablarining chiqishlari barchaga katta taassurot qoldirdi.