Umumiy

Urgut tuman axborot-kutubxona markazi hamda 57-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamkorligida o‘zbek bolalar adabiyotining yorqin namoyandasi Xudoyberdi To‘xtaboyevning kitobi targ‘iboti bo‘lib o‘tdi

05 May, 2026 24 ko'rildi

Kitob — tafakkur xazinasi

Hoshimjonning sarguzashtlari Urgutda!

Urgut tuman axborot-kutubxona markazi hamda 57-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamkorligida o‘zbek bolalar adabiyotining yorqin namoyandasi Xudoyberdi To‘xtaboyevning kitobi targ‘iboti bo‘lib o‘tdi.
​Sehrli qalpoqchadan —bilim cho‘qqisiga.
​Tadbir markazida yozuvchining dunyoga mashhur "Sariq devni minib" romani turdi. Kitobxon o‘quvchilar asar mutolaasi davomida olgan taassurotlarini o‘rtoqlashib, asarning mazmun-mohiyati va undagi tarbiyaviy ahamiyat haqida so‘z yuritildi.57-maktabning yosh aktyorlari asar qahramoni —sho‘x va quvnoq Hoshimjonning sarguzashtlarini mahorat bilan ijro etib berishdi.
​Hoshimjonning "sehrli qalpoqcha"yordamida oson yutuqlarga erishishga urinishi;
​Bilimsizlik va dangasalik oqibatida duch kelgan kulgili, ammo saboq bo‘ladigan vaziyatlari;
​Va nihoyat,faqat mehnat va ilm orqali haqiqiy muvaffaqiyatga erishish mumkinligi haqidagi xulosalari tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi.