O'zbekiston kitobxonlar yurti
Kitobxonlik_haftaligi
O'zbekiston_kitobxonlar yurti
Urgut tumani axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2026-yil 30-yanvardagi 06/1-525-son topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, oila va xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish hamda kitobxon oilalar safini yanada kengaytirishga qaratilgan muhim tashabbus amalga oshirildi.
Mazkur topshiriq asosida “Kitobxon onalar” loyihasi doirasida faol kitobxon oilalar Bunyodkor mahallasidan Rajabova Sarvinoz hamda Suvonova Maftunalar oilasi tashrif buyurib yig‘ilganlarga mutolaa madaniyati, o‘qigan asarlarini tahlil qilish qobiliyati, kitobxonlikni targ‘ib etishdagi faolligi hamda oilada ma’naviy muhitni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlari haqida fikr almashishdi.