Markazimizga 121-maktabning 4-sinf o‘quvchilari tashrif buyurishdi.
#Kitobxonlik_haftaligi
Kitoblar olamiga sehrli sayohat!
Urgut tuman Axborot-kutubxona markazida 13–17-aprel kunlari davom etayotgan "Kitobxonlik haftaligi" doirasida navbatdagi qiziqarli uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Markazimizga 121-maktabning 4-sinf o‘quvchilari tashrif buyurishdi.
Tadbir davomida abonentlarga xizmat ko‘rsatish mutaxassisi Mohigul Samariddinovna jajji kitobxonlarga hamrohlik qildi. Mutaxassisimiz bolajonlarni kutubxonadagi eng sara adabiyotlar bilan tanishtirib, har bir kitobning olami va undagi ezgu g‘oyalar haqida maroqli ma’lumotlar berib o‘tdi.
Bolajonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kitob mutolaasiga bo‘lgan ishtiyoqlari yanada ortdi. Bu kabi uchrashuvlar yosh avlodning ma’naviy dunyosini boyitishda muhim poydevordir!