Anvar Obidjon — "Oltin yurakli avtobola"
KITOB TAVSIYASI
Anvar Obidjon — "Oltin yurakli avtobola"
Bolalar adabiyotining sevimli ijodkorlaridan biri Anvar Obidjon qalamiga mansub "Oltin yurakli avtobola" qissasi ezgulik, mehr-oqibat va doʻstlik gʻoyalarini oʻzida mujassam etgan qiziqarli asardir.
📖 Asarda professor yaratgan noyob ixtiro – "Oltin yurakli avtobola" yovuz kishilar tomonidan oʻgʻirlab ketiladi. Shundan soʻng qahramonlar boshidan kechiradigan kutilmagan voqealar kitobxonni sarguzashtlar olamiga chorlaydi.
Ushbu kitob: Ezgulik va mehrning qadrini anglatadi. Qiziqarli voqealar orqali hayotiy saboqlar beradi. Bolalarning tafakkuri va tasavvurini boyitadi. Oila davrasida birgalikda mutolaa qilish uchun ajoyib tanlovdir.
"Qiziqarli va kutilmagan voqealar asosiga qurilgan bu qissa sizga ma'naviy ozuqa bo'lishiga ishonamiz."
Har bir sahifada — yaxshilik nuri!
Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi tomonidan tavsiya etiladi