Umumiy
142-umumiy o‘rta ta‘lim maktabida yangi adabiyotlar targ‘iboti o‘tkazildi
15 Apr, 2026
33 ko'rildi
“O‘zbekiston-kitobxonlar yurti" shiori ostida VI RESPUBLIKA "KITOBXONLIK HAFTALIGI" doirasida
“Kitob o‘qigan inson-fikrli inson”
Urgut tuman axborot-kutubxona markazi abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmat rahbari M.Akramova tomonidan tumandagi 142-umumiy o‘rta ta‘lim maktabida yangi adabiyotlar targ‘iboti o‘tkazilib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi PQ-9-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida davra suhbati tashkil qilindi. Qarorga asosan mamlakatimizda kitob o'qish madaniyatini keng targ'ib qilish, aholi orasida kitobga qiziqishni kuchaytirish asosiy maqsad qilib qo'yilganligi tushuntirib berildi.
Tashrif davomida kutubxona xodimlari tomonidan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.