Umumiy
“KITOBXONLIK HAFTALIGI - 2026”ga samimiy taklif etamiz!
11 Apr, 2026
17 ko'rildi
Hurmatli kitobxonlar!
Sizni 13-apreldan 17-aprel kunlariga qadar Urgut tuman axborot-kutubxona markazida bo‘lib o‘tadigan
“KITOBXONLIK HAFTALIGI - 2026”ga samimiy taklif etamiz!
Bu haftalik - zamonaviy axborot texnologiyalari, innovatsion kutubxona xizmatlari va kitobsevarlikni targ‘ib etuvchi ilm, ijod va ilhom bayramidir!
Tadbir davomida sizni:
qiziqarli ma’ruzalar,
uchrashuvlar va seminarlar,
yangi nashrlar taqdimoti
ijodiy ko‘rgazmalar hamda
turli tanlov va sovg‘alar kutmoqda!
Keling, birgalikda bilim, madaniyat va kitob dunyosining sehrli olamiga sho‘ng‘iylik!
Sana: 13–17 aprel
Manzil: Urgut tuman axborot-kutubxona markazi
Sizni “KITOBXONLIK HAFTALIGI - 2026”da kutib qolamiz!
Bilimga yo‘l shu yerda boshlanadi!