Husniddin Fayyozov tavalludining 67 yilligi munosabati bilan badiiy-musiqiy kecha tashkil etildi
Urgutda adabiyot bayrami..
"Shoir qalbi-hamish navqiron"
"Urgut tuman axborot-kutubxona markazi hamda 56- umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamkorligida tumanimizning ardoqli ijodkori, mohir tarjimon va fidoyi ustoz Husniddin Fayyozov tavalludining 67 yilligi munosabati bilan badiiy-musiqiy kecha tashkil etildi.
Ushbu uchrashuv nafaqat adabiy kecha, balki chinakam ma’naviyat va e’tibor bayramiga aylandi.
Tadbir davomida maktab o‘quvchilari tomonidan shoirning qalamiga mansub otashin g‘azallar va vatanparvarlik ruhidagi she’rlar o‘qildi. Shoir o‘zining hayot yo‘li, ijodiy izlanishlari va yoshlik yillari haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, uning xalqaro miqyosdagi yutuqlari — Rossiya va Butunjahon Yozuvchilar uyushmalarining yuksak mukofotlari yoshlar uchun o‘rnak qilib ko‘rsatildi.
Maktabning iqtidorli o‘quvchilari tomonidan ijro etilgan milliy kuylar va shoir g‘azallari asosidagi chiqishlar tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.