Umumiy

Bilim maskaniga sayohat: "Elita" maktabi o‘quvchilari kutubxonada!

11 May, 2026 18 ko'rildi

Bilim maskaniga sayohat: "Elita" maktabi o‘quvchilari kutubxonada!
​   Urgut tumani axborot-kutubxona markazi o‘zgacha shukuhga toʻldi. "Elita" akademik maktabining intiluvchan va kitobsevar o‘quvchilari uchun markaz bo‘ylab unutilmas ma’rifiy ekskursiya tashkil etildi.
Sayohat davomida o‘quvchilar:
​Kutubxonaning boy va noyob kitob fondi bilan yaqindan tanishdilar;
​ Zamonaviy axborot-kutubxona markazi imkoniyatlarini ko‘zdan kechirdilar;
​ Mutolaa madaniyati va kitobxonlikning inson kamolotidagi o‘rni haqida foydali tushunchalarga ega bo‘ldilar.

"Kitob — nafaqat bilim manbai, balki kelajakka ochilgan eng yorug‘ derazadir."


​O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan badiiy adabiyotlar va ensiklopediyalarni varaqlab, mutaxassislardan qiziqarli ma’lumotlar olishdi. Bu kabi uchrashuvlar  yoshlarining intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qilishi shubhasiz.