Umumiy

KUTUBXONAMIZDA SEHRLI OLAM DARVOZALARI OCHILDI!

20 Feb, 2026 26 ko'rildi

bibliografiya_xizmati
BilimEkspeditsiyasi
​ KUTUBXONAMIZDA SEHRLI OLAM DARVOZALARI OCHILDI!
​"Ertaklar — yaxshilikka yetaklar" haftaligi doirasida Axborot-kutubxona markazimizda "Ertaklar — bolalikning begʼubor olami" nomli an’anaviy kitob ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi! 
​Bu shunchaki ko‘rgazma emas, bu — o‘tmish va kelajakni bog‘lovchi, ezgulik va donolik xazinasi jamlangan sehrli maydondir.
Ko‘rgazmamizdan nimalar joy olgan?
Xalq durdonalari: O‘zbek xalq ertaklarining nodir va rang-barang nashrlari;
Jahon javohirlari: Sharl Perro, aka-uka Grimmlar va Andersenning sehrli dunyosi;
Rangli tasvirlar.

"Kitob javonidagi har bir ertak kitobi — yopig‘liq turgan bir dunyodir. Uni oching va sarguzashtlarni boshlang!"

​Barcha kitobsevarlarni va ertak shaydolarini kutib qolamiz! 
M.Safoyeva