Umumiy
Zulfiya Mo'minova tavalludiga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir
15 Jul, 2026
23 ko'rildi
Zulfiya Mo'minova tavalludiga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir
Urgut tuman axborot-kutubxona markazida so'z san'ati va milliy adabiyotimiz rivojiga munosib hissa qo'shgan iste'dodli shoira Zulfiya Mo'minova tavalludi munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida shoiraning hayoti va ijodi, uning she'rlarida aks etgan Vatanga muhabbat, insoniylik, mehr-oqibat va ezgulik g'oyalari haqida so'z yuritildi.
Bunday tadbirlar yosh avlod qalbida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, milliy adabiyotimizga hurmat va e'tiborni kuchaytirishga xizmat qiladi.
Adabiyotga ehtirom – ma'naviyatga ehtirom!