Umumiy

“O‘zbek tili — millat qadr-qimmati va g‘ururi!” nomli ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

21 Oct, 2026 40 ko'rildi

Urgut tuman axborot-kutubxona markazida “O‘zbek tili — millat qadr-qimmati va g‘ururi!” nomli ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.


​21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Urgut tuman axborot-kutubxona markazida “O‘zbek tili — millat qadr-qimmati va g‘ururi!” hamda “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiorlari ostida tantanali bayram tadbiri, kitob ko‘rgazmasi hamda poetik she’rxonlik kechasi tashkil etildi.
​Tadbirda tuman hokimligi vakillari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi xodimlari, el ardoqlagan urgutlik ijodkorlar va shoirlar hamda kitobxon yoshlar ishtirok etishdi.
​Tadbir avvalida yig‘ilganlar e’tiboriga ona tilimizning boy tarixi, lug‘atshunoslik taraqqiyoti, o‘zbek adabiyoti durdonalari hamda tilshunoslikka oid sara nashrlarni o‘zida jamlagan keng qamrovli kitob ko‘rgazmasi havola etildi.
​Uchrashuv doirasida “O‘zbek tili — millat qadr-qimmati va g‘ururi!” mavzusida o‘tkazilgan she’rxonlik kechasi tadbirga alohida shukuh bag‘ishladi. Unda urgutlik ijodkorlar hamda 156-2-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi  va ixtisoslashtirilgan maktabning iqtidorli o‘quvchilari hamda Qalqon jasorat maktabi ona tilini, Vatanni va ma’naviy qadriyatlarni tarannum etuvchi otashin she’rlaridan namunalar o‘qib berishdi.