Umumiy

“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” nomli keng qamrovli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi

20 Oct, 2026 69 ko'rildi

Kitob ko‘rgazmasi

Urgut tuman axborot-kutubxona markazida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” nomli keng qamrovli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada ona tilimiz tarixi, lug‘atshunoslik va tilshunoslikka oid ilmiy manbalar, o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalari, shuningdek, davlat tilining taraqqiyot bosqichlarini aks ettiruvchi adabiyotlar joy egalladi.

Ona tili — millat ruhi, xalqning bebaho ma’naviy boyligi va milliy g‘urur timsolidir. Uni asrab-avaylash, qadrlash va kelajak avlodga sof holda yetkazish har birimizning muqaddas burchimizdir.

Ushbu kitob ko‘rgazmasi kitobxonlarda ona tiliga bo‘lgan mehr va ehtiromni yanada oshirish, milliy qadriyatlarimizga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash hamda ona tilimizning naqadar buyuk va betakror ekanini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.