«Boqiy shahar – Samarqandim!»: Urgutda madaniy-ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi
«Boqiy shahar – Samarqandim!»: Urgutda madaniy-ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi
18-oktabr — Samarqand shahri kuni munosabati bilan Urgut tuman axborot-kutubxona markazida 55-umumiy o‘rta ta’lim maktabining faol kitobxon o‘quvchilari ishtirokida «Boqiy shahar – Samarqandim!» deb nomlangan badiiy-ma’rifiy kecha tashkil etildi.
Tadbirda ko‘hna va hamisha navqiron Samarqandning boy tarixi, jahon tamaddunidagi o‘rni hamda buyuk allomalarimiz qoldirgan bebaho ma’naviy meros haqida so‘z yuritildi.
55-maktab o‘quvchilari tomonidan Samarqandni madh etuvchi go‘zal she’rlar va kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, tadbirga alohida shukuh bag‘ishladi. 🎶 Shuningdek, o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik va tarixiy bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan savol-javoblar o‘tkazilib, faol qatnashgan kitobxonlar alohida e’tirof etildi.
Kitob – ma’naviyat xazinasi, shahar tarixi esa millat gururidir!